XRONOLOGIYA

XRONOLOGIYA (xrono… va…logiyadan) — 1) tarixiy voqealarning davriy tadrijiyligi;

2) vakt oʻlchovi haqidagi fan. Astronomik X. fazodagi hodisalarning qaytarilib turish qonuniyatlarini oʻrganadi va aniq astronomik vaqtni belgilaydi. Tarixiy X. — yordamchi tarix fani; turli xalqlar va davlatlar yil hisobi tizimi va taqvimlarini oʻrganadi, tarixiy voqealar sodir boʻlgan sanalarni va tarixiy manbalar yaratilgan vaqtni aniklashda yordam beradi. X. taraqqiyot bosqichlarining vaqtini aniqlash demakdir. Bu esa alohida tarixiy voqealar, mehnat qurollari, hunarmandchilik va xoʻjalikning rivoji, uyjoylar, qishloqlar va shaharlarning qurilishi, davlatlarning tashkil topishi va madaniyat taraqqiyoti yutuqlari vaqtini aniqlashni anglatadi.

Yozma manbalar asosida aniq sanalar belgilanadi. Arxeologik maʼlumotlarga asoslangan X. yuz va ming yilliklar bilan oʻlchanadi.

Bobil, Misr, Yunoniston va Rimda shakllangan X. oʻrta asrlarda Turonda rivojlandi. Beruniynnng 1000-y. da yozilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Xronologiya») asarida jahondagi turli xalqlar tarixi va madaniyati ixcham tarzda oʻz aksini topgan. Xronologiya dagi tarixiy izchillikni fanga 16-a. da fransuz J. Skaliger kiritdi. Hoz. paytda Xronologiyaning taraqqiyoti bu fanning arxeologiya, tabiiy fanlar, statistika va b. bilan oʻzaro hamkorligiga bogʻliqsir.

Ad.: Sagdullayev A. va b., Oʻzbekiston tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodning 5-a. gacha), T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x