Ilgari har kuni jismoniy mashq bilan shug‘ullanish uchun 30 daqiqa kifoya, deb hisoblanar edi. Tadqiqotchilarning “AiF” (2021 y. 3-son) haftanomasida yozishlaricha, bir kunda 8 soatdan 10 soatgacha kompyuterda ishlovchilarning mashqlarga 11 daqiqa ajratishlari yoshga xos kasalliklarni rivojlanishining oldini olar ekan.
Tadqiqot, jumladan, yurak-qon tomirlari, 2-tip diabet kasalligini keskin kamayishini ko‘rsatdi. O‘n bir daqiqalik ochiq havoda jismoniy mashq qilish qon aylanishini, nafas olishni yaxshilaydi, mushaklarni harakatlantiradi.
Amerikada harorat og‘iz orqali o‘lchanadi
AQShda tana harorati og‘iz orqali, boshqa mamlakatlarda esa qo‘ltiq orqali o‘lchanadi. Nega?
“Gap shundaki, – deydi AQSh, Nyu-Jersi shtati Avliyo Baribas gospitali vrachi Tatyana Murovskaya, – tajribada tana haroratini og‘iz orqali o‘lchash qo‘ltiq ostidan ko‘ra aniqroq ekanligini ko‘rsatdi. Qo‘ltiq orqali haroratni o‘lchash, ayniqsa ortiqcha vaznga ega kishilarda aniq bo‘lmaydi.
Ulg‘ayishni istamaydigan bolalar belgisi
“G‘arb mamlakatlarida maktabni tamomlagan bola mustaqil ravishda kun kechirishga otlanadi, – deb xabar beradi “Zo‘r tasvir plyus” nashri. – U yo ish topadi, yo o‘qishga jo‘naydi”.
Aktyor Ville Xaopasalo o‘z intervyusida agar 18 yoshdan katta bolalar ota-onasi bilan yashashda davom etsa, bu Finlandiyada katta nuqson hisoblanishini aytgan. Tevarak atrofdagi hamma odamlar bunday ota-onalarga farzanddan omad kelmaganidan achinish bilan qarashadi.
T.Shomurodov tayyorladi.
Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling: