«Bolaning o‘qishga kirishi maktabning bo‘ynida emas» — Rasul Kusherbayev

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Yangiyo‘lliklar TV» loyihasiga bergan intervyusida OTMga kira olmagan o‘quvchilari sababli maktab direktorlarining ishdan olinishiga o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

«Maktablar o‘z ishini qilishi kerak. Shu standartlar bo‘yicha belgilangan ta’limni berishi kerak. U o‘qishga kiradimi, kirmaydimi, hayotga tayyorlanadimi — bu maktabning bo‘ynidagi narsa emas. Biz endi kechirib qo‘yasiz-u, hamma narsani maktabga qo‘yaversak, bu nimadan dalolat? Ya’ni boshqaruvda, strategiyani tanlashda nimanidir xato qilganmizda, endi bugun bolalar o‘qishga kira olmasa, biz maktablarni ayblayapmiz. Vaholanki, u ta’lim standartlarini, bunaqa yo‘l, qonun-qoidalarni ishlab chiqayotgan maktab emas. U bor-yo‘g‘i bitta ijrochi. Biz o‘qituvchini boshiga uryapmiz. U bechora darsini bersin qo‘ldan kelgancha…», — dedi Rasul Kusherbayev.
Deputatning fikriga ko‘ra, OTMlarga kirishda bolaning xohishi va intilishlari ham inobatga olinishi kerak.
«U bolada xohish bo‘lmasa o‘qishga, intilish bo‘lmasa, u bola psixologik bosim ostida turgan bo‘lsa, ya’ni yon-atrofda bo‘layotgan ishlarni ko‘rib, korrupsiya holatlarini ko‘rib, davlat ishida ishlayotgan yoki ‘mediklar’ni ko‘rib kelyapmiz, arzimagan pulga ishlaydi, ularning arzimagan olayotgan oyliklarini ko‘rib, umuman, o‘qishni xohlamayotgan bo‘lsa-chi? Men o‘qimayman, men faqat biznes, tadbirkorlik qilib, pul topishni xohlayman desa, yoki ota-onasi qaysi yo‘l orqali yashayapti, ota-onasi o‘qimasdan turib, tadbirkorlik bilan pul topayotgandir, balki. O‘sha narsaga qiziqishi bo‘lib, [o‘qishga] kirishni xohlamasa-da, ya’ni davomiy o‘qish fikridan qaytayotgan bo‘lsa ham biz o‘qituvchini ayblaymizmi? Seni aybing bilan, endi sen ketasan deb?», — deya ta’kidladi deputat.
«Bu byurokratiyaning bitta usuliga o‘xshagan narsa, demagogiya va boshqaruvga noqobil bo‘lgan yoki shuni eplolmagan odamlarni qo‘yadigan talabi shunaqa bo‘ladi. Qachonki bilim yetmasa, mahorat yetmasa, diplomatik madaniyat yetmasa boshqarishga, ularda faqat baqirish, qo‘rqitish, mana shunday zug‘um qilish orqali boshqarishga o‘tiladi. Bu ham xuddi shunga o‘xshagan narsa. Uni nima aybi bor? U o‘z vaqtida agar sifatli ta’limni bermayotgan bo‘lsa, nimaga sen oylik berding bo‘lmasa, o‘sha paytda? U ishini bajarmagan bo‘lsa? O‘sha paytda norizo bo‘lsa, kelib, ‘og‘ayni, berolmayapsan bilimni’, deb o‘sha payt to‘xtatgin edi. U bajarib keldi-ku, sen shuni bajargansan deb oylik berib kelyapsan. Shu paytgacha ishdan bo‘shatolmading uni. Sen rozisan uni ishidan», — dedi Rasul Kusherbayev.
Qonunchilik palatasi deputatining ta’kidlashicha, o‘quvchilarning o‘qishga kirishi oiladagi muhit, dunyoqarash va olgan bilimini qanchalik o‘ziga singdira olishiga bog‘liq bo‘ladi.
«Kirolmasa endi, unda [o‘qituvchida] nima ayb ? Yoki o‘zi dangasa bo‘lsa u bola, o‘qishni xohlamasa, ya’ni boshqa odamni qilishi kerak bo‘lgan o‘zidagi mas’uliyat, harakati uchun, boshqa odamni javobgar qilib bo‘lmaydi. Agar shu uchun meni ishdan bo‘shatadigan bo‘lsa, men sudlashaman u bilan. Keltirib ber, men Mehnat kodeksining qaysi talabini buzdim? Yoki mehnat shartnomasining qaysi talabini buzdim? Uni men kirgizmasdan, nimadir (qarshilik — tahr.) qilganim yo‘q. Unga hamma sharoitni qilib berdim-ku, maktab davrida. YO unga nima, vaqtida o‘qituvchi bilan ta’minlab bermadimmi, o‘qitmadimmi? Yoki boshqa qilmadimmi? Hammasini qilib bergan bo‘lsam, uning kallasiga kirmagan, kallasiga men kirib chiqmayapman-ku», — dedi u.
Bundan tashqari, Rasul Kusherbayev so‘zlariga ko‘ra, qonunni yaxshi biladigan odam ushbu holatlar bo‘yicha ishdan olinganida, xotirjam yurib, so‘ng sudlashishi mumkin.
«Sudda yutib chiqadida, ‘bo‘ldi og‘ayni, bundan keyin xohlasang 10 ta yangicha yondashuvlar qilmaysanmi, men o‘zim qonun oldida javob beraman’. Qonun yuqori turadi, qaror, boshqa narsalardan. Qonun faqat konstitusiyadan bitta past turadi. Kodeks bu qonun, qonundan keyin turadi vazirlik idoralar, buyruq, qaror va hokazo. Ana shunday darajaga chiqishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 14 noyabr kuni Qarshi shahrida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligidagi yig‘ilishda 20 nafar maktab direktorlari birorta bitiruvchilarining OTMlarga kirmaganligi sababli o‘z vazifasidan ozod etilgan edi. Shu bilan birga, Navoiy viloyatida ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, hamda 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan olingandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x