TULPOR — chopqir zotli ot. Tulporlik sifatlari otning kuchi, chopqirligi, xushbichimligi va b. belgilariga qarab aniqlanadi. Chopqir Tulporlar sinovi, odatda, xalqaro maydonlarda, koʻriktanlov, koʻrgazmalarda, ippodromlarda oʻtkaziladi va ularga sertifikat beriladi. Oʻzbek xalq ertaklarida qanotlari boʻlgan afsonaviy uchar otlar T. deb atalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые