TABIBLIK — xalq tabobati asosida bemorlarni davolash. Sharq xalqlarida bir necha ming yillik tarixga ega boʻlib, avloddanavlodga oʻtib, rivojlanib kelgan. Avestodya taʼkidlanishicha, tabiblar qaror topgan qonunqoidalar asosida bemorlarni davolashgan. Tabiblar odamlarni shunchaki giyoxlar va maʼdanlardan tayyorlangan doridarmonlar bilan davolabgina krlmay, hatto koʻz jarroxligi amaliyotini ham bajarishgan. Oʻrta asrlarda faqat Xorazm va Xurosonda emas, savdo va madaniyat markazi boʻlgan Samarqand, Buxoro va b. shaharlarda ham tabiblar bemorlarni markazlashgan sihatgohlarda davolash bilan shugʻullanishgan. Tabiblar zamonasining oʻqimishli va tibbiyotda maʼlum tajribaga ega kishilari boʻlgan (q. Sogʻliqni saqlash). Nihoyatda tajribali, yetuk, oʻqimishli tabiblarni xalq hakim deb atagan.
Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Abu Bakr ar Roziy, Abu Ali ibn Sino kabi hakimlar mashhur. 20-a. ning 20y. lariga qadar Oʻzbekistonda tibbiyot oʻchogʻi boʻlmaganligi sababli, Tabiblik otadan bolaga oʻtadigan kasb boʻlib kelgan. Tabiblar orasida Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» kitobidan foydalanib mahalliy giyoxlardan turli dorilar tayyorlab singanchiqqanlarni davolagan obroʻ-eʼtiborlilari talaygina. Toshkentlik akauka tabiblar Vosidxon va Xomidxon Zohidxonovlar tibbiyot sohasida ilmiy risolalar yozishgan, terapiya, gigiyena masalalariga ahamiyat berishgan. Toshkentlik Akmalxon Mahmudxonov, Komil Salimov, Ibrohim Shukurov, samarqandlik Usta Toʻxta Nazar oʻgʻli, buxorolik Burxon Saidov va b. mashxur tabiblar kishilar dardiga malham boʻlishgan. Ayrim tabiblar esa hayvonlarda tajriba qilib koʻrib, singanchiqqanlarni davolashgan. Tabiblar foydalangan baʼzi bir dorivor vositalar va usullar keyinchalik botanika (dorivor oʻsimliklar), tibbiyot, zoologiya va b. ilmiy sohalarning rivojlanishiga asos boʻldi.
Shoʻrolar davrida Tabiblik kasbi maʼlum vaqtgacha vrach faoliyatiga zid qoʻyilib, nihoyatda kamsitib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng ilmiy tibbiyot bilan bir qatorda Tabiblik kasbi rivoj topib, dorivor oʻsimliklar bilan koʻplab kasalliklarni, singanchiqqanlarni davolayotgan tabiblar ham faoliyat koʻrsatishadi.