GNOTOBIONTLAR

GNOTOBIONTLAR (yun. gnotos — maʼlum va biotos — hayot, tiriklik) — mikroorganizmlardan tamoman xoli boʻlgan hayvonlar. G. ni ilmiy tadqiqot ishlari uchun steril sharoitda yetishtiriladi. Baʼzan biror mikroorganizm b-n maxsus zararlangan hayvonlarni ham Gnotobiontlar deyiladi. Mikrobsiz hayot mumkinligi toʻgʻrisidagi gʻoyani birinchi marta L. Paster (1885) oʻrtaga tashlagan edi, ammo faqat 20-a. ning 40-y. lari oxiriga kelib Amerika va Yaponiya olimlari steril va maxsus apparatura yordamida mikrobsiz hayvonlarni rivojlantirish va koʻpaytirish uchun sunʼiy sharoit yaratishdi. Gnotobiontlar (dengiz choʻchqachalari, sichqonlar, quyonlar va b. lab. hayvonlari hamda choʻchqa, buzoq va b.) dan eksperimental biol. va tibbiyotning turli sohalarida foydalanishi 20-a. ning 60-y. lariga kelib mustaqil ilmiy yoʻnalish — gnotobiologiyaning rivojlanishiga olib keldi. Gnotobiontlarning birinchi avlodi bachadondan homilani steril chiqarib olish yoki qushlar, hasharotlar va b. ning zararsizlantirilgan tuxumlarini inkubatsiya qilib, soʻngra maxsus izolyatorlarda oʻstirish orqali olinadi. Gnotobiontlar boshqa normal mikrofloraga ega boʻlgan hayvonlardan baʼzi (xususan tabiiy sharoitda mikroflora bilan kontaktda boʻladigan) organlar va toʻqimalarning oʻziga xos tuzilishi va fuknsional faolligi bilan farq qiladi. Gnotobiontlarni olish immunitet mikrob (parazit) b-n xoʻjayin organizmi oʻzaro taʼsiri mexanizmlarining shakllanishi, ovqat hazm qilish fiziologiyasi, infeksion patologiya va b. ni qatʼiy nazorat qilinadigan sharoitda oʻrganishga imkon beradi. Gnotobiontlar sohasida tadqiqotlar tabiiy sharoitda organizmda normal mikroflora boʻlgandagina hayvonlar normal hayot kechirishi mumkinligini koʻrsatdi. Gnotobiologiya usullaridan klinik tibbiyot, mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya, parazitologiya va b. sohalarda, shuningdek, diagnostik zardoblar i. ch., farmakolotik va biologik preparatlarni sinab koʻrishda foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x