GISTAMINGA QARSHI DORILAR

GISTAMINGA QARSHI DORILAR, antigistamin vositalar — gistaminning ayrim aʼzolarga va butun organizmga taʼsirini susaytiradigan moddalar. Ular ichak va bronx muskullarining gistamin taʼsirida qisqarishiga yoʻl qoʻymaydi, uning qon aylanishiga taʼsirini kamaytiradi, kapillyarlar oʻtkazuvchanligining gistamin taʼsirida ortishiga toʻsqinlik qiladi, anafilaktik reaksiyalarning kechishini osonlashtiradi. Gistaminga qarshi dorilar meʼdadan shira chiqishining gistamin taʼsirida kuchayishiga barham bermaydi, gistamin chiqishiga aytarlik taʼsir koʻrsatmaydi va antigen — antitelo reaksiyalariga putur yetkazmaydi. Ayrim Gistaminga qarshi dorilar markaziy nerv sistemasining faoliyatini susaytirib, bemorni tinchlantiradi va uxlatadi, narkotik, ogʻriq qoldiruvchi dorilar taʼsirini kuchaytiradi, dengiz va togʻ kasalligida koʻngil aynishi va qusishning oldini oladi, homiladorlarning qusishini bosadi, tirishishga qarshi taʼsir etadi.

20-a. oxirlarida Gistaminga qarshi dorilar ningyangi turkumi — N2-gistamin blokatorlar ixtiro qilindi. Bulardan simetidin, ranitidin, famotidin, nizatidin, roksatidin va ularning koʻplab analoglari meʼda-ichak yarasini davolashda keng qoʻllanilmoqda. Gistaminga qarshi dorilar asosan eshakem, allergik va vazomotor rinit, allergik konyunktivit, ekzema, kapillyarotoksikoz, bronxiol astmaning boshlangich davrida buyuriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x