GIRKANIYA

GIRKANIYA (Avestoda — Vrakana, oʻrta asrlardagi nomi — Jurjon) — qad. tarixiy-madaniy viloyat. Kaspiy dengizining jan.-sharqiy sohilida, Eronning shim. da, Turkmanistonning jan.-gʻarbiy qismidajoylashgan. Girkaniya atamasi eroniycha wrk — boʻridan olingan boʻlishi ehtimol. Poytaxti — Gekatompil sh. Yunonrim yozma manbalarida Aleksandr yurishlaridan eʼtiboran bir necha bor qayd etilib, yovvoyi hayvonlar toʻlib toshgan mamlakat sifatida tavsiflanadi. Ammian Marsellin (4-a.)ga koʻra, «Kitʼa ichkarisida… Girkanlar yashaydi. Ular ovchilik bilan tirikchilik qilishadi, ov qilinadigan jonzodlar ularda juda turli-tumandir. Bu yerda minglab yoʻlbars va koʻplab yovvoyi hayvonlar bor». Mil. av. 235-y. Parfiya davlati tarkibiga kirgan, lekin mil. 1—2-a. larda katta muxtoriyatga ega boʻlib, mustaqil siyosat yurgizgan va oʻz elchilarini Rimga joʻnatgan. Bu yerda arshakiylarnnng bir tarmogʻiga mansub sulola vakillari hukmronlik qilgan.

15 Senyabr 2008, 12:04:57

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x