BOLDOQ — 1) koʻzsiz silliq uzuk; 2) isirgʻa turi, faqat halqadan iborat, nafis va bezakdor boʻladi. Turkistonda uning oy tasvirli oy Boldoq, fargʻonacha Boldoq, qashqarboldoq va b. turlari keng tarqalgan;
3) biror asbob yoki buyumga yorilib ketmasligi uchun kiydiriladigan metall halqa; mas, arava toʻgʻini japsarining ikki uchini qisib turuvchi bellikka kiydiriladigan temir halqa; 4) qilichning dastasi bilan tigʻi birikkan joydagi (qoʻlni toʻsib turadigan) halqasi.