GIYON

GIYONEron hududi (Hamadondan 70 km jan. da)dagi qad. oʻtroq qabilalar manzilgohi. Uning 19 m li madaniy qatlami 5 kompleksga boʻlinadi. Giyon (mil. av 5-ming yillikning oxiri — 4-ming yillik) 4 bosqichdan iborat. Giyon—A da geometrik chiziqli naqshlar solingan sopol idishlar koʻp tarqalgan. F. V—V da mis buyumlari paydo boʻlgan, baʼzi idishlarda echki surati bor. G. V—S da qush surati tushirilgan buyumlar uchraydi. Giyon—D dan Suza-A tipidagi kulolchilik mahsulotlari topilgan. Giyon (mil. av. 3-ming yillik) qatlami muayyan uslubga ega boʻlgan qush surati tushirilgan idishlarning oʻziga xosligi b-n ajralib turadi. Bu qatlamga tegishli qabrlardan koʻpgina mis buyumlar (bolta, nayza uchlari, toʻgʻnogʻich va b.) topilgan. Giyon (mil. av. 3-ming yillik oxiri —2-ming yillik) qatlamida naqshli qadahlar uchraydi. Giyonda qush surati va naqshlar bilan bezatilgan idishlar bor. Giyon (mil. av. 2-ming yillikning oxiri —1ming yillik)da naqshsiz, qizil yoki qora rangli sopol buyumlar asosiy oʻrinni egallaydi, temir bugomlar ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x