GIDROSULFITLAR, bisulfitlar — sulfit kislota H2SO3 ning nordon tuzlari, mas, KHSO3. G. quyidagi reaksiyada hosil boʻladi: K2CO3+2SO2+H2O-»2KHSO3+CO2T. H2SO3 ning aksari oʻrta tuzlari — sulfitlarga qarshi oʻlaroq, barcha Gidrosulfitlar suvda yaxshi eriydi, eritmalarda havo kislorodi bilan sekin-asta sulfatlargacha oksidlanadi. Natriy yoki kaliy G. qizdirilganda pirosulfitlar (metabi-sulfitlar) hosil boʻladi: 2KHSO3=K2S2O5+H2O. Natriy Gidrosulfitlar (NaHSO3) fotografiyada hamda turli materiallarni oqartirish maqsadida, kalsiy G. (CaHSO3)2 yogʻochdan sellyuloza olishda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые