VIBRAFON (lot. vibro — tebranaman va yun. phone — tovush) — urma cholgʻu asbob, metallofon turi. Tovushlari muayyan balandlikka ega. 20-a. boshida ixtiro qilingan. Fortepiano klavishlariga oʻxshash ikki qator joylashgan turli uzunlikdagi metall plastinkalardan iborat. Uchi yumshoq choʻplar bilan chalinadi. Plastinkalar ostida silindrsimon rezonatorlar, ular ustida kichik elektr dvigateli yoki prujinali mexanizm aylantiradigan parraklari boʻladi. Tovushi mayin, ohangdor, tebranma (dirillama) xususiyatga ega. Odatda, estrada, opera, simfonik orkestrlarda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые