Shoirlar. Abdulla Oripov


Post Views:
1 251

ORIPOV Abdulla (1941.21.3 – 2016.05.11) – shoir va jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). 1958 yildan Toshkentda. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). «Yosh gvardiya» (1963–69), Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida muharrir (1969–74), «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1974–76), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976–82), mas’ul kotib (1985–88), Toshkent viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1982–83), «Gulxan» jurnalida muharrir (1983–85), O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989–2007), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1996–2009).

Abdulla Oripov
Abdulla Oripov

«Mitti yulduz» (1965), «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003), «Tanlangan asarlar» (4 jildli, 2001), «Adolat ko‘zgusi» (2005) singari she’riy kitoblari nashr etilgan.

Turmushda paydo bo‘la boshlagan yangicha qarashlar, kishilarning ruhiy olamidagi evrilishlar, fikr va xatti-harakat erkinligiga bo‘lgan ehtiyoj Oripov she’rlarining g‘oyaviy mundarijasini tashkil etadi. «Jannatga yo‘l» (1978), «Hakim va ajal» (1980), «Ranjkom» (1988) kabi dostonlarida kishilarning ruhiy olamidagi ayrim qusurlar bilan ilmiy-texnik taraqqiyot va tafakkurning parvozi o‘rtasidagi ziddiyat ochib tashlangan.

Oripov mustaqillik yillarida adabiyotning rang-barang tur va janrlarida ijod etdi. Shu davr¬da tarixiy adolatning tiklanishi, o‘tmishda yashagan sarkardalar va allomalar xotirasining e’zozlanishi Oripovning Amir Temurning O‘rta Osiyo xalqlari tarixiy taqdirida o‘ynagan buyuk rolini ko‘rsatuvchi «Sohibqiron» she’riy dramasini (1998) yozishga ilhomlantirdi. Oripov bu asarida qariyb uch asr davomida hukm surgan qudratli Temuriylar saltanatining asoschisi va 15-asrda Sharqda Uyg‘onish davrining boshlanishiga ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoit yaratgan Amir Temur obrazini yorqin gavdalantirib berdi. Mazkur asar respublikaning barcha yirik teatr¬lari va qardosh mamlakatlar sahnalarida katta muvaffaqiyat bilan o‘ynaldi.

Oripov – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining matnini yozgan (1992). Dante «Ilohiy komediya»sining «Do‘zax» qismini, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, T.G.Shevchenko, L.Ukrainka, R.Hamzatov, Q.Quliyev va M.Bayjiyev asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1990 yildan O‘zbekiston Oliy Kengashi, 1995 yildan O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati, 2004 yildan O‘zbekis¬ton Oliy Majlisi Senatining a’zosi. Hamza nomidagi (1983) hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati (1992).

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/shoirlar-abdulla-oripov-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x