Xalqqa o‘ziga munosib rahbar ravo ko‘riladi


Post Views:
117

Qadimda bir yurt podshohi saroyda katta hovuz qazdirib, uni qo‘l ostidagi barcha xalqdan har bir oila zimmasiga bir chelakdan sut quyishlikni buyuribdi. Xalqning ko‘ngliga bir fikr kelibdi: “Hozir men saroyga olib boradigan bir chelak sutim bilan hovuzdagi sut ko‘payib qolarmidi, uning o‘rniga chelakni suv bilan to‘ldirib kechasi tunda olib boraman va meni chelagimdagi suvimni qorong‘uda soqchilar tekshirib o‘tirmay o‘tkazib yuboradi”, degan o‘y bilan rejasini shu yo‘sinda amalga oshiribdi. Ertasi kuni tong yorishib, xaloyiq saroyga yig‘ilibdi. Ne ko‘z bilan qarashsa hovuz to‘la suv ekan.

Ming hikmat bilan aytilgan ushbu rivoyat negizida sizu bizga ulkan ibrat bor. Bugungi kunda xalqimiz tepasiga kelguvchi yurt rahbarining xalqiga mehribon, xalqparvar bo‘lishligida shu yurtda yashaguvchi har bir fuqaroning zimmasida, o‘z yurtiga, yurtdoshlariga, millatiga nisbatan qiladigan e’tiboriga muvofiq rahbarni Alloh keltiradi. Shunday ekan befarq bo‘lmaylik. Mo‘min kishi ziyrak bo‘ladi bee’tibor bo‘lmaydi. Tepangizda qanday rahbar o‘tirishligiga siz sababchidirsiz.

Doktor Muhammad Rotib Nablusiy o‘zlarining “Asmaulloh al-husna” kitoblarida quyidagi rivoyatni keltiradilar:

Molik ibn Dinor muqaddam ilohiy kitoblarning birida quyidagi ma’lumotni o‘qigan ekanlar va unda Alloh taolo shunday degan:

قرا مالك بن دينار فى كتب ان الله يقول: “انا ملك الملوك، و مالك الملوك، قلوب الملوك بيدى، و ان العباد اطاعونى حولت قلوب ملوكهم عليهم بالرافة و الرحمة،، و ان العباد عصوني حولت قلوب ملوكهم عليهم بالسخط و النقمة. فلا تشغلوا انفسكم بالدعاء على الملوك، و ادعوا لهم بالصلاح، فان صلاحهم صلاحكم”م

“Men podshohlarning podshohiman, Men podshohlarni ustidan boshqarib turguvchi Zotman. Barcha podshohlarning qalbi Meni qudrat qo‘limda. Agar bandalar Menga itoat qilsalar, Men ularning podshohlarining qalblarini ularga nisbatan mehribon, rahmli qilib qo‘yaman. Agar bandalar Menga isyon, gunoh qilsalar, podshohlarining qalblarini ularga nisbatan g‘azab qiladigan, o‘ch oladigan qilib o‘zgartirib qo‘yaman. Shuning uchun o‘zlaringizni podshohlarga qarshi duo qilib ovoro qilib yurmang. Balki ularning islohini xaqqiga duo qiling. Chunki ularni isloh, solixh bo‘lishliklari, avvalo sizlarni solih bo‘lishlaringizga bog‘liq”.

Alloh taolo Qur’oni karimda: إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنْفُسِهِمْ ۗ

“Albatta, to bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas”, deb marhamat qilgan.

Fuzayl ibn Iyoz (723-803) quddisa sirruhuning nomini ko‘pchilik eshitgan. U Samarqandda tug‘ilgan, Makka va Ko‘fada yashagan ulug‘ avliyolardan bo‘lib, Imomi A’zam Abu Hanifa rahimahullohning shogirdi, hanafiy mazhabi olimlaridan, taqvodor zotlardan biridir. U Imom ash-Shofi’iy rahimahullohga ham ustozlik qilgan. Ana shu zot bunday degan edi: لو كانت لى دعوة مستجابة ما جعلتها الا فى السلطان

“Agar mening mustajob bo‘ladigan duoyim bo‘lganda edi, uni podshoh haqqida (duoi xayr) qilgan bo‘lardim!”

Alloh taolo yurtimizga bo‘lmish rahbarimizni adolatparvar, xalqparvar, ko‘nglini dinimizga oshno qalblardan qilsin.

Ilhomjon Madaliyev,
Mo‘yi Muborak jome’ masjidi imom xatibi

https://shosh.uz/uz/xalqqa-o-ziga-munosib-rahbar-ravo-ko-riladi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x