BREST VILOYATI — Belorussiya Respublikasining jan. gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tashkil etilgan. Brest viloyatida 16 tuman, 19 shahar va 10 shaharcha bor. Mayd. 32,3 ming km2. Aholisi 1485 ming kishi (1999). Asosan beloruslar; shuningdek rus, polyak, ukrain va b. lar yashaydi. Markazi — Brest sh.
Brest viloyatining relyefi, asosan tekislikdan iborat. Jan. va jan. sharqiy kismi Polesye pasttekisligining gʻarbiy qismini egallagan. Shim. gʻarbida Bug boʻyi, shim. da Baranovichi tekisliklari bor. Torf zaxirasi jihatidan Brest viloyati Belorussiyada 3oʻrinda turadi. Stolin r-nida oʻtga chidamli gil, Beryozovoda boʻr yotqiziqlari bor.
Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4°, iyulniki 18°. Oʻrtacha yillik yogʻin 550—650 mm. Yirik daryolari — Pripyat (irmoqlari — Yaselda, Pina), Stiryu, Gorinyu. Koʻllari — Vigonovskoye, Chernoye. Tuproklari bir oz podzollashgan, qumli, chimlipodzol va b. tuproklar. Torfli yerlar, botqoqliklar, oʻrmonlar (karagay, qayin, dub, olxa oʻsadi) koʻp. Viloyatning shim. da yirik oʻrmon qoʻriqxonasi — Belaya Veja pushchasi joylashgan.
Sanoati asosan q. x. va oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Goʻsht (Brest, Baranovichi, Pinskda), parrandachilik k-tlari (Kobrin va Pinskda), sabzavot va meva konserva z-dlari (Kobrin va Lyaxovichida), moysir z-di, spirt va kraxmal z-dlari bor. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati ham muhim oʻrin tutadi, gugurt, fanera va turli mebellar ishlab chiqariladi. Oʻrmonkimyo sanoati korxonalari, Baranovichi, Brest, Pinsk sh. larida yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik, poyabzal, trikotaj fkalari) bor. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati barpo etilgan. Beryozovsk GRES qurilgan. Baranovichida stanoksozlik asbobuskunalari, Brestda gaz apparatlari va b. ishlab chiqariladi. Brestda gilam k-ti bor. Mahalliy torf asosida energetika rivojlangan. Asosiy ekinlari: javdar, bugʻdoy, suli, grechixa, arpa, makkajoʻxori; texnika ekinlaridan zigʻir, konoplya, qand lavlagi, kartoshka yetishtiriladi. Polizchilik rivojlangan. Chorvachilikda qoramol boqish, qoʻychilik va choʻchqachilik katta oʻrin tutadi. Transportning asosiy turi — t. y. transporti (Moskva— Brest t. y.). Avtomobil yoʻli B. v. ni boshqa iktisodiy r-nlar bilan bogʻlaydi. DneprBug kanalida kema qatnaydi. Brest viloyatida qurilish injenerlari va ped. inti, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, 5 muzey bor.