BRAUN (Braun) Gerbert Charlz (1912. 22.5, London) — Amerika kimyogari. AQSH Milliy FA aʼzosi (1957-y. dan). Asosiy tadqiqot ishlari bor kimyosiga oid. Diboranni sintez kilishning oddiy usulini ishlab chiqqan. Toʻyinmagan organik birikmalarni gidroborirlash reaksiyasini kashf etgan (1959). Trimetilbor yoki diboran hosilalarining aminga qoʻshilishini tadqiq qila turib, molekuladagi sterik kuchlanishnimikdoriy usulda oʻrganish nazariyasiga asos solgan. Amerika sanʼat va fan akademiyasi aʼzosi (1966-y. dan), Nobel mukofoti laureati (1979, G. Vittig bilan hamkorlikda).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые