GREGARINALAR

GREGARINALAR (Gregarinina) — sporalilar tipining sinfi. 500 ga yaqin turi bor. Turli umurtqasiz hayvonlarda, asosan boʻgʻimoyoqlilarda parazitlik qiladi. Uz. 10—15 mkm dan 16 mm gacha. Tanasi choʻziq, chuvalchangsimon; baʼzan dumaloq (tana boʻshligʻida parazitlik qiladigan Gregarinalar). Koʻpchilik Gregarinalar tanasining oldingi qismi ichak devoriga yopishadigan organoid-epimerit hosil qiladi. Tanasi pellikula qobiq bilan qoplangan, koʻpincha koʻndalang toʻsiq bilan 2 qismga: oldingi protomerit va keyingi deytomeritga boʻlingan. Gregarinalar ichak devori yoki tana boʻshligʻida, baʼzan jinsiy bezlarda parazitlik qiladi. Asosan jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Koʻpchilik Gregarinalarda boshqa sporalilar uchun xos boʻlgan shizogoniya (jinssiz koʻp marta boʻlinish orqali koʻpayish) kuzatilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x