GRAFEKON

GRAFEKON (yun. grapho — yozaman va eikon — tasvir) — 2 elektron projektor (dasta)li elektrovakuum xotira trubkasi. Projektorlarning biri axborotni yozib olishga, ikkinchisi axborotni oʻqishga (hisoblashga) imkon beradi. Elektron projektorlar dielektrikli nishonning ikki qarama-qarshi tomoniga joylashtirilgan, yozib oluvchi projektor esa signal plastinasi tomoniga qrnatilgan boʻlib, uning oldida toʻr joylashtirilgan. Signal kuchlanishni yozib oluvchi projektorning boshqaruvchi elektrodlariga beriladi. Elektron nur dastasi zichligi buyicha modullashtiriladi. Yozib olinadigan nurlarning elektronlari yuqori musbat potensiallar (~10 kV) yordamida tezlashtiriladi, natijada ular dielektrik qatlamga kiradi va uning potensialini oʻzgartiradi. Hyp dastasi oʻtish joyida nishon sirtining potensiali kamayadi va yuqori toklarda signal qatlami (plastina) potensialiga tenglasha boradi. Signal katlamiga esa kollektorga nisbatan bir necha oʻn volt manfiy kuchlanish beriladi. Elektron nurning zichligi signal qonuni asosida modullashtirilganligi uchun nishon sirtida potensial relyef hosil boʻladi. Uning eng katta «choʻnqirligi» esa signal plastinkasi va kollektor plastinasi orasidagi potensiallar farqi bilan oʻlchanadi. Shunday yuqori potensiallar farqi koʻp (100) karrali oʻqish imkonini beradi.

Grafekon larning turli xillari mavjud. Ular tasvir-axborotlarni lyuminessent ekranlarda koʻrish imkoniyatini yaratadi. Bular elektron xotira trubkalari boʻlib, ular oʻz funksiyalariga koʻra radiolokatsion ossillograf trubkalari va kineskoplarga oʻxshash boʻlsa ham, ulardan ancha farq qiladi. Grafekonlar axborotni uzoq muddat saqlash imkoniyatiga ega. Grafekonlar radiolokatsiya va televideniyeda maxsus murakkab tasvirlarni uzatish va qabul qilib olish uchun keng ishlatiladi.

Ad.: Elektronnыye priborы, pod. red. G. G. Shishkina, M., 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x