BOSMA DAM — damnint bir xili. Temirchi, pichoqchi va taqachilar doʻkonida koʻraga yoki oʻchoqqa havo beradigan garmonsimon moslama. Damgar qoʻli b-n sardamni yuqoriga koʻtaribpastga tushirib turadi. Nozik buyumlar yasaladigan anjomsozlik va zargarlik ustaxonalarida hozir ham qoʻllaniladi.