GIPERFUNKSIYA (giper… va funksiya) — organizm sistemalari yoki biror aʼzo, toʻqima faoliyatining kuchayishi. Giperfunksiya fiziologik taʼsirlovchining taʼsiriga javob reaksiyasi, mas, sportchilarda yurak muskullari qisqarishlari kuchining ortishi yoki patologik biror kasallik tufayli (mas, qalqonsimon bez G. sida tiroksin gormoni kup ajraladi — gipertireoz kuzatiladi) roʻy berishi mumkin (yana q. Gipofunksiya).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые