ERKIN AʼZAM

ERKIN AʼZAM (Aʼzamov Erkin Normamatovich) (1950.10.8, Boysun tumani) — yozuvchi, publitsist, ssenarist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1998), Toshkent un-tining jurnalistika f-tini tugatgan (1972). Oʻzbekiston radiosida muharrir (1972— 76), «Guliston» jur. da muharrir, adabiy kotib (1976—81), «Yoshlik» jur. da boʻlim mudiri (1981—86), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida tahririyat mudiri, ijodiy guruh rahbari (1986—92), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining 1-oʻrinbosari (1992—94). Respublika «Maʼnaviyat va maʼrifat» jamoatchilik markazi rahbari oʻrinbosari hamda «Tafakkur» jur. ning bosh muharriri (1994-yildan).

Dastlabki hikoyalar toʻplami — «Chiroqlar oʻchmagan kecha» (1977). «Otoyining tugʻilgan yili» (1981), «Olam yam-yashil» (1984), «Javob» (1986), «Bayramdan boshqa kunlar» (1988), «Pakananing oshiq koʻngli» (2001), «Kechikayotgan odam» (2002) kabi qissa va hikoyalardan iborat kitoblari nashr qilingan. Erkin Aʼzam asarlari oʻziga xos yumoristik bayon uslubi, kinoyali tili, kutilmagan badiiy yechimlarga egaligi bilan ajralib turadi. Yozuvchining insonga xos eng chigal jihatlarni ochiq koʻrsatmay, imo-ishora orqali aks ettirishi uning asarlari taʼsirchanligini oshiradi. Erkin Aʼzam qissa va hikoyalarida oddiy va toʻpori, boshqalarga oʻxshamaydigan, dardu tashvishlari, shaxsiy kechinmalari bilan yaqqol ajralib turadigan badiiy xarakterlarni yaratgan. Xarakterlar falsafasini yoritish, uslubiy taranglik, psixologik tahlilning kuchliligi, asar syujetining xarakterlar asosiga qurilishi, voqealar oʻrtasidagi bogʻliqlikni obrazlar, detallar orqali ifodalash, muallif va personaj nutqining yaqinligi, psixologizm va falsafiylikning mushtarakligi Erkin Aʼzam badiiy uslubining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. «Chantrimore», «Piyoda», «Pakana», «Dilxiroj», «Erkak» kabi ekran asarlarining hammuallifi. 1 va 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x