ENTOBAKTERIN

ENTOBAKTERIN — biologik insektitsid. Kristall hosil qiladigan bakteriya asosida olinadi. 1 grammida 30 mlrd. ga yaqin yashovchan bakteriya sporasi va zaharli oqsil kristallari (juft sporali tana) boʻlgan kulrangqoʻngʻir kukun va pasta (1 grammida 20 mlrd. ga yaqin bakteriya sporasi) holida chiqariladi. Toʻldirgich sifatida kukunlangan kaolin qoʻshiladi. Entobakterinning taʼsir doirasi keng. Zararkunandalarning 50 turiga, jumladan, koʻk qurt, gʻoʻza tunlami, karadrina, olma, meva va karam kuyasi, beda urugʻxoʻri, odimchilar va boshqalarga qarshi qoʻllanilganda yaxshi samara beradi. Entobakterin taʼsirchanligi qisman havo haroratiga bogʻliq. Entobakterin ishlatilganda va undan keyingi 2—6 kun davomida kundalik harorat qancha yuqori boʻlsa, samara ham shu qadar yuqori boʻladi. Preparat meʼyori va obhavoga qarab koʻpgina qurtlar 2—5 kunda nobud boʻladi. Entobakterin oʻsimliklarga past dozadagi kimyoviy preparatlar bilan qoʻshib purkaladi; buning uchun yaxshi aralashtirilgan suvli suspenziya tayyorlanadi. Preparatning sarf meʼyori 2,0—2,5 kg/ga, fozalon aralashtirib ishlatilganda 0,5 kg/ga. Ish suyukligi sarf meʼyori 100 — 200 l/ga. Entobakterin oʻsimliklar, odam, issiqqonli hayvonlar, asalarilar va boshqalar foydali hasharotlar uchun zararsiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x