ELEKTROTEXNIKA

ELEKTROTEXNIKA (elektro… va texnika) — fan va texnikaning energiyani oʻzgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi sohasi.

Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi Elektrotexnikaning yaratilishiga olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G. V. Rixman, M. V. Lomonosov, Sh. O. Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi. Birinchi uzluksiz tok manbai — volʼt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo boʻlishi Elektrotexnikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning birinchi yarmida elektr tokiga bogʻliq boʻlgan kimyoviy, issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim qonuni — Om konuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr oʻlchash ishlarida bu sohadagi yutuqlardan ayniqsa keng foydalaniddi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr mashinalari — dvigatel va generator yaratilishiga sabab boʻldi.

19-asrning 70yillari oxirida J. K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon taʼlimotiga asos soldi. 80-y. larda oʻzgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqgda kimyoviy tok manbalari ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qoʻrgʻoshin akqumulyatori yaratildi (fransuz fizigi G. Plante, 1859) va rivojlantirildi.

Elektrotexnikaning keyingi taraqqiyoti Elektrotexnika sanoatining paydo boʻlishi va elektr yorugʻligidan keng foydalanish bilan bogʻliq boʻldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va ishlatilishida qoʻlga kiritilgan yutuklar yorugʻlik texnikasining rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Elektr yorugʻliganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga olib keldi. Elektr toki metall nusxalar koʻchirish va metall qoplash sohasida ham qoʻllanila boshladi (q. Galvanotexnika).

19-asrning 70—80-y. larida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tugʻildi.

Elektrotexnikaning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M. O. Dolivo-Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel hamda uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika sistemalarini yaratish va eskilarni qayta tiklashga sabab boʻddi. Elektrotexnika qurilmalarining takomillashishi yuqori quchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining, elektr mashinalari, elektr yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. Elektrotexnika yutuqlari radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikatlsh rivojlanishiga olib keddi.

Elektrotexnikaning muhim boʻlimlaridan biri — elektromexanika energiyaning oʻzgarishi bilan bogʻliq masalalarni oʻz ichiga oladi.

Murakkab elektr energetika sistemalarini optimal boshqarish va ularning chvdamliligini oshirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu masalalarning hal qilinishi modellash va ehtimollar nazariyasidan foydalanishga asoslangan. Elektrotexnikaning yana bir muhim yoʻnalishlaridan biri — xossalari oldindan belgilanadigan murakkab elektromagnit maydonlarini yaratishdan iborat. Intensivligi yuqori boʻlgan impuls maydonlarini oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega (q. Impulslar texnikasi). Bu sohadagi ishlar natijasidan oʻta kuchli elektr transformatorlari va elektr reaktorlari yaratishda foydalaniladi.

Elektrotexnika nazariy usullari moddalar xossasini tekshirish, yadro va lazer texnikasi vositalarini ishlab chiqish, tirik organizmlarning mikrodunyosi va hayot faoliyatini oʻrganish, kosmik fazoni oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qator sohalarida rivojlanmoqda. Elektrotexnika yutuqlari inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida — sanoat, q. x., tibbiyot va turmushda qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonda Elektrotexnikaning rivojlanishi Gʻ. R. Rahimov, M. E. Homidxonov, H. F. Fozilov va boshqalar olimlarning nomi b:n bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x