FAYZULLAYEV Jorulla Fayzullayevich (1924.11.2 Toshkent — J992.24.10) — gilromexanik olim, Oʻzbekiston texnika fanlari dri (1971), prof. (1971). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1948). Toshkent toʻqimachilik texnikumida (1947—53), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari intida (1953—60) oʻqituvchi. Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi intida katta ilmiy xodim (1960); direktor (1962—63), direktor oʻrinbosari (1966—70), gidrodinamika lab. boshligʻi (1961-y. dan).
Ilmiy ishlari suyuqlik va koʻp fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sugʻorish gidrodinamikasiga oid. X. A. Raxmatulintsht koʻp fazali muhitlar oʻzaro kirishma harakati modeliga asoslanib, Fayzullayev aralashmalar harakatiga oid masalalarni nazariy va eksperimental hal qildi. Reologik xususiyatlari har xil boʻlgan fazalardan iborat aralashmalar gidrodinamikasiga oid adabiyotlarda Raxmatulin — F. modeli termini kiritildi. Fayzullayev bir fazali gidrodinamik modellarda Nyuton suyukligi va b. suyuqliklar xarakatiga oid qator masalalarni, yopishqoq va yopishqoqplastik suyuqliklar (suv, neft)ning quvurlardagi oqimiga boʻlgan qarshiliklarni kamaytirish tadbirini asoslab berdi. Toshkentdagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.
As: Laminarnoye dvijeniye mnogofaznыx sred v truboprovodax, T., 1966; Gidrodinamika odno i dvuxfaznыx sred i yeyo prakticheskiye prilojeniya (v soavtorstve), T., 1980; Gidrodinamika pulsiruyuщix potokov (v soavtorstve), T., 1986.