MAMADQULIZODA

MAMADQULIZODA Jalil (taxallusi Mulla Nasriddin, 1866.22.2, Naxi-chevan-Arake — 1932.4.1, Boku) — ozarbayjon yozuvchisi, jamoat arbobi va jurnalist. «Mulla Nasriddin» nomli hajviy jur. asoschisi (Tiflis, 1906 — 31). Mamadqulizoda qisqa hikoyaning ustasi, satirik talanti koʻproq shu janrda namoyon boʻlgan. Ilk asari — «Eshakning oʻgʻirlinishi» qissasi 1894-y. nashr etilgan. Mamadqulizoda «Donobosh qishlogʻidagi voqealar» (1894), «Pochta qutisi», «Usta Zaynal» (1906), «Oʻliklar» (1909), «Telbalar yigʻini» (1936) va b. asarlar muallifi. «Onamning kitobi» (1919), «Donobosh qishlogʻining maktabi» (1921) kabi hajviy asarlarida ozarbayjon xalqining milliy uygʻonishi koʻrsatilgan. Mamadqulizodaning xalqona va oʻz davrining dolzarb muammolari koʻtarilgan hajviy asarlari ozarbayjon, fors va turk adabiyotida satira janrining rivojida muhim oʻrin tutadi. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x