GERMANLAR — mil. av. 1-a. da Shim. va Boltiq dengizlari oraligʻida, Reyn, Dunay, Visla daryolari boʻylarida va Jan. Skandinaviyada yashovchi, hindevropa til guruhiga mansub qad. qabilalar. Germanlar urugʻchilik tuzumida yashagan, mil. 1-a. da bu tuzum yemirila boshlagan. Germanlar 4 — 6-a. larda Xalqlarning buyuk koʻchishida asosiy rol oʻynagan, Gʻarbiy Rim imperiyasining koʻp qismini bosib olgan va bir qancha qirolliklar — vestgotlar, vandallar, ostgotlar, burgundlar, franklar, langobardlar kabi qirolliklarni tuzgan. Germanlar hoz. kator Gʻarbiy Yevropa xalqlari: nemislar, gollandlar, flamandlar, danlar, shvedlar, norveglar va b. etnogenezining asosini tashkil etadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые