VLADIMIR VILOYATI

VLADIMIR VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1944 yil 14 avg. da tuzilgan. Mayd. 29,0 ming km2. Aholisi 1660 ming kishi (1995), 80% shaharlik. Viloyat tarkibida 21 shahar, 36 shaharcha bor. Markazi — Vladimir sh. V. v. Sharqiy Yevropa tekisligida joylashgan. Yer usti bir oz past-baland tekislik (eng baland joyi 236 m). Iklimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1G, iyulniki 17°. Yiliga 480—580 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Asosiy daryolari: Oka va Klyazma. Tuproqlari asosan, turli xil mexanik tarkibdagi chimli podzol tuproqlar. Meshchera pasttekisligida botqoq tuproqlar, Oka va Klyazma vodiylarida chimli allyuvial tuproqlar.

Energetikasi chetdan keltirilgan yoqilgʻi asosida ishlaydi, torf qazib chiqariladi. Issiqlik elektr st-yasi bor. Asosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik va metallsozlik. Traktor, elektr motorlari, avtopribor (Vladimir), ekskavator, mototsikl (Kovrov), teplovoz, muzlatgich (Murom), radioapparatura va televizorlar (Aleksandrov), kabel (Kolchugino) va b. ishlab chiqariladi. Yengil sanoat (asosan zigʻir tolasidan gazlama i. ch. va trikotaj buyumlar) korxonalari ham bor. Oyna-shisha, jumladan texnik oyna, billur idishlar (GusXrustalniy va b.) ishlab chikariladi. Yogochsozlik sanoati rivojlangan. Badiiy buyumlar sanoati — kashtachilik, zargarlik korxonalari, miniatyuralari (Mstyora) bilan ham mashhur.

Q. x. da asosan kartoshka, zigʻir ekiladi. Shaharlar atrofida — sabzavotchilik, Opolyeda bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachiligi sut-goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki boqiladi. T. y. zich joylashgan. Avtomobil yoʻllari rivojlangan. Oka va Klyazma daryolarida kema qatnaydi. 1992-y. da 11 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, muzey faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x