GASTEROMITSETLAR

GASTEROMITSETLAR (yun. gasteros – meʼda, qorin va mykes — zamburugʻ) — bazidiyali zamburugʻlarning xolobazidiyalar kenja sinfiga mansub tartiblar guruhi. Gasteromitsetlarning koʻpchiligi serchirindi tuproqlarda saprofit holda oʻsadi. Meva tanalari yopiq, yumaloq, tuxumsimon yoki anjirsimon boʻlib, tuproq ostida yoki tuproq ustida oʻtroq holda, airimlari esa maxsus oyoqchalar ustida joylashgan. Meva tanalari ichida behisob bazidiosporalar yetishadi; qobigʻi maʼlum joylaridan yoki umumiy holda yorilgach, sporalar atrofga tarqaladi. Gasteromitsetlarga yer yulduzi (Geaster), yer xina (Bovista) misol boʻla oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x