GALUA (Galois) Evarist (1811.26.10, Burla-Ren — 1832.30.5, Parij) — fransuz matematigi. Darajasi toʻrtdan yuqori boʻlgan algebraik tenglamalar umumiy holda radikallarda hal boʻlmasligini isbotlagan. Fanga gruppa, kichik gruppa, normal boʻluvchi, maydon kabi fundamental tushunchalarni kiritgan. Galua maydonlarga taakluqli masalalarni gruppalar nazariyasi masalalariga keltirgan. U yaratgan tenglamalar nazariyasi (Galua nazariyasi) algebra faninigina emas, balki umuman 19-a. matematikasining rivojlanishida ham muhim oʻrin tutdi. Galua siyo-sat bilan ham shugʻullangan. U «Xalq doʻstlari» deb atalgan maxfiy respublika jamiyatining aʼzosi boʻlgan. Qirollik tuzumiga ochiqdan-ochiq qarshi chiqqanligi uchun ikki marta qamalgan. Galua duelda oʻldirilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые