VERNADSKIY Vladimir Ivanovich [1863.28.2 (12.3), Peterburg – 1945.6.1, Moskva] — tabiatshunos, mineralog va kristallograf; geokimyo, biogeokimyo, radiogeologiya va biosfera asoschilaridan biri. Rossiya FA akad. (1912), Ukraina FA tashkilotchisi va birinchi prezidenti (1919), Chexoslovakiya (1926) va Parij (1928) FA aʼzosi. Moskva un-ti prof. (1898-1911). Vernadskiy oʻz tadqiqotlarida katta amaliy ahamiyatga ega bulgan yirik ilmiy muammolar: silikatlarning tuzilishi, nodir va tarqoq elementlar geokimyosi, radioaktiv minerallarni qidirib topish, geokimyoviy jarayonlarda organizmlar roli, togʻ jinslarining mutlaq yoshini aniqlash va b. ni ilgari surdi; minerallarning kelib chiqishida yangi evolyutsion nazariyani (genetik mineralogiyani) ishlab chiqdi. Vernadskiy radioaktiv moddalar ahamiyatini aniqladi (1911). Vernadskiy biosfera kimyoviy elementlarning toʻplanishi, almashinishi va tarqalishida organizmlarning rolini, biosfera inson mehnati va u qoʻlga kiritgan ilmiy muvaffaqiyatlar tufayli asta-sekin yangi holat — noosferaga oʻtishini birinchi boʻlib koʻrsatib berdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые