VENA

VENAAvstriya poytaxti. Dunay daryosi boʻyida. Alp togʻlarining shim.-sharqiy tarmogʻi — Vena Oʻrmoni (Vinervald) togʻi etagida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. dan ziyod kishi (1990y. lar oxirlari). Venada yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 1,5°, baʼzan — 12° dan —18° gacha sovuqlar ham boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20°.

1 – a. da Vena oʻrnida Rim legionlarining lageri (Vindobon) boʻlgan. Manbalarda Vena nomi dastlab 881, soʻngra 1030-y. dan tilga olinadi. 12-a. oʻrtalaridan Avstriya gersoglarining qarorgohi. 16-a. dan koʻp millatli Avstriya-Gabsburglar davlatining poytaxti. Vena 18—19-a. lardan Yevropa madaniyati (ayniqsa musiqa madaniyati)ning yirik markazlaridan biri. 1805—06 va 1809-y. larda Venaga Napoleon 1 qoʻshinlari bostirib kirgan. 1814—15 y. larda Vena kongressi chaqirilgan. 1848—49 y. larda Vena revolyutsion kurash markazi. 1867—1918-y. larda V. Avstriya-Vengriya poytaxti. 1938-y. martda nemis qoʻshinlari Avstriya-ni, shu jumladan Venani ham egalladi. 1945-y. 13 apr. da fashistlardan ozod qilindi, oʻsha yili iyulda Venada Avstriyaning okkupatsiya zonalari va Venani idora qilish haqidagi bitimlar imzolandi. 1955-y. mayda Venada mustaqil va demokratik Avstriyani tiklash haqidagi davlat shartnomasi imzolandi, okt. da Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi haqida qonun qabul qildi. V. Avstriyadagi eng yirik, Yevropadagi muhim transport yoʻllari tuguni. Shvexat xalqaro aeroporti bor. V. mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik daryo porti. Mamlakatdagi sanoat i. ch. ning qariyb yarmi Venaga toʻgʻri keladi. Mashinasozlik, (elektrotexnika, transport mashinalari), kimyo, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Eksport uchun kiyimbosh, poyabzal, musiqa asboblari va b. ishlab chiqariladi.

Venaning markaziy qismida Stefan sobori (12—15-a. lar), Barokko usulida qurilgan Karl Borromey cherkovi (171637), Shyonbrunn (taxm. 1695-1700), Shvarsenberg (1697-1715), Shyonborn (1706-11), Belveder (1714 — 24) kabi saroy va binolar saqlangan. 19-a. da va 20-a. ning boshlarida qurilgan binolar (muzey, 1870—91; teatr, 1870—88; Setsession koʻrgazmalar binosi, 1899) modern uslubiga xosdir. Venada FA, Vena universitetы, bir qancha oliy maktablar, Musiqa sanʼat akademiyasi, Burg teatri, opera teatri, L. Betxoven, Y. Gaydn, V. A. Motsart, F. Shubert, I. Shtraus uy-muzeylari va b. bor. 15 dan ortiq muzey, koʻrgazma zallar va saroylarda badiiy sanʼatning nodir kolleksiyalari saqlanadi. Eng yirik kutubxonalari: Milliy kutubxona, un-t kutubxonasi. Metropoliten bor. Vena — YUNI-DO, MAGATE va b. xalqaro tashkilotlarning qarorgohi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x