ANDAMAN VA NIKOBAR OROLLARI — Hindistondagi ittifoqdosh hudud, 2 ta arxipelag (Andaman va Nikobar o. lari)dan iborat. Bengaliya qoʻltigʻi b-n Andaman dengizi oraligʻida joylashgan. Mayd. 8,3 ming km2. Aholisi 279 ming kishi (1991). Markazi — PortBler sh. Orollar suv osti togʻlarining choʻqqilari boʻlib, harakatdagi vulkanlar ham bor. Marjon riflari bilan oʻralgan. Bal. 732 m gacha. Tropik musson oʻrmonlari bilan qoplangan. Aholisi yogʻoch kesish, tayyorlash, kokos palmasi oʻstirish, baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые