DO`STLARGA ULASHING:
Windows «Рабочий стол»ni boshqa diskka ko’chirish
«Рабочий стол» odatda Windows’ning C diskiga joylashgan bo’ladi, bu ba’zi noqulayliklani keltirib chiqaradi. Misol uchun, tizim ishlaydigan C disk to’lib qolishi, Windows’ni qaytadan o’rnatishda kerakli fayllarni o’chib ketishi.
Shu sababli, «Рабочий стол»ni boshqa diskka ko’chirib quyishni tavsiya qilaman, buning uchun:
1. Quyidagi papkani ochamiz: C:usersfarhod
yoki rus tilida
C:пользователиfarhod
farhod — bu Windows’ga ulangan foydalanuvchi nomi(sizda boshqacha bo’ladi).
2. U yerdan «Рабочий стол» papkasini topamiz va «Свойство»siga kiramiz.
3. Hosil bo’lgan oynadan, «Расположение» vkladkasida «Рабочий стол» qayerga saqlanish kerakligi berilgan.
4. «Переместить» orqali biror boshqa joyni tanlaymiz, misol uchun:
D:robochiy
5. Shundan so’ng, ko’rsatilgan joyga «Рабочий стол»dagi fayl va papkalar ko’chadi.
Bunda «Рабочий стол» da hech narsa o’zgarmaydi, lekin fayl va papkalar D diskka o’tadi, u yerdan hech narsani o’chirmag, o’chirsangiz «Рабочий стол»dan ham o’chib ketadi.