DO`STLARGA ULASHING:
Pul o’tkazish tizimlari shoxobchasi biznesi💳
Pul o’tkazish har kuni murojaat qilishimiz mumkin bo’lgan soha. Ushbu biznes O’zbekistonda deyarli mavjud emas. Bunday xizmatlar markazi tumanda bor yo’g’i 1-2 ta bo’lishi mumkin. Yoki umuman yo’q. Siz bu ishni tashkil qilish orqali daromad olishingiz mumkin💵.
Pul o’tkazish tizimlari shoxobchasini tashkil etish uchun sizga boshlanishiga kompyuter o’rtacha 280$, chek apparat 40$, plastik apparat 25$, qog’oz va boshqa kanstovarlar 15$, shophouse 320$, tok tortish va boshqa elektr xarajatlari 50$, stol-stul va gilamcha 50$, reklama uchun 50$ va boshqa xarajatlar 50$ bo’lsa – jami sizga 600$ kerak bo’ladi📊.
Bunday shoxobchalarda xizmat narxlari 3-7 foiz bo’ladi. Siz 5 foiz belgilasangiz, kuniga o’rtacha 5 millionlik ish bo’lsa, 250 000 so’m foyda bo’ladi va uning 25000 so’mi tushlik uchun 25000 so’mi kunlik xarajatlar uchun bo’lganda, 200 000 naqd foyda bo’ladi.