Rus klassik realistik prozasining boshlanishi shu asarlardan boshlanadi. Bu qissalar – oʻzgarib turuvchi, dinamik kuchlanish hukmidagi voqealardir.
Syujetlar qandaydir boshqa shaxslar tomonidan hikoya qilinishi asarga stilistik maneralarning murakkab toʻqimasini baxshida etadi. Adabiyotda qoʻshimcha muallif yelimlash yangilik emas, bunday usulni Valter Skott asarlarida ham uchratish mumkin.
Bu usul bilan Pushkin oddiy odamlarni gapirishga majbur etadi.
“Belkin qissalari” asari beshta mukammal hikoyalardan iborat:
a) “Boʻron”
b) “Qishloqi oyimqiz”
v) “Stansiya nazoratchisi”
g) “Tobutsoz”
d) “Oʻq”
Hamma hikoyalarni toʻplab beruvchi qandaydir Ivan Petrovich Belkin bizga yetkazadi.
Akram UZOQOV
“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/belkin-qissalari-haqida/