Kim harchand yelsa ham ishi yurmagan,
Toʻkislik boʻlmagan hatto baxtida;
Bilsang, otasini rozi qilmagan,
Onasin xor etgan yoki vaqtida.
Har hodisotning bir asos, tirgagi,
Shukr, menga nasib farovon taqdir.
Bu – roʻyobga chiqqan otam tilagi,
Onam duosining ijobatidir.
Jahongir ISMOILOV
https://saviya.uz/ijod/nazm/rozilik-hikmati/