Mashhur olmon shoiri Heynrix Heyne Venaga borganida taniqli hajvchi va shoir Moris Safirni uchratib qoladi. Hajvchi:
– Kecha baron Rotshild bir latifa aytib berdi. Qoyilmaqom, ichakuzdi hangoma ekan. Toʻlqinlanib ketganimdan unga 500 krona berib yubordim. Axir, baron Rotshildning hazil-huzul qilishi juda kamyob hodisa! – deydi hayajon bilan.
Bu gapni eshitgan Heyne tabassum qiladi va deydi:
– Menimcha, bundanam koʻra Safirning 500 kronasi borligi noyobroq hodisa!
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 8-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/kamyob-hodisa/