Gʻulom Shomurod (1937)

Gʻulom Shomurod 1937 yilning 20 sentyabrida Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻildi.

Buxoro davlat Pedagogika instituti (hozirgi BuxDU)ning oʻzbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi (1954–1959). Dastlab Jondor tumanidagi oʻrta maktablarda ona tili va adabiyot fanidan dars berdi (1959–1967). Keyin tuman radioeshittirishlar tahririyati muharriri (1967–1969), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati boʻyicha radiomuxbiri (1969–2006) vazifalarida xizmat qildi.

Oʻquvchilik va talabalik yillarida sheʼr-maqolalari bilan viloyat, respublika nashrlarida koʻrina boshlagan Gʻulom Shomurodning “Shabnam jilvasi” nomli birinchi sheʼriy kitobi 1983 yilda nashr etildi. Shundan soʻng shoirning “Oydinda kezaman” (1985), “Chaqmoq” (1990), “Navolarim” (1992), “Koʻklam qoʻshigʻi”(1995), “Vatan vasfi” (1997), “Olam ichra olam” (1997), “Qalbim qatrasi” (2002), “Bobo shahrim” (2003), “Rangin ruhiyat” (2005), “Zarrin yaproqlar” (2006), “Marvarid donalar” (2008), “Sogʻinch sohili” (2009), “Vatanim – keng jahonim” (2011), “Izhor” (2011). “Hurlik qasidasi” (2011), “Mehr mehvari” (2014) kitoblari dunyoga keldi.

Gʻulom Shomurod “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni (1999) bilan taqdirlangan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/gulom-shomurod-1937/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x