Buyuk olmon adibi Gyotening “Faust” dramasi birinchi va ikkinchi qismlarini birlashtirganda jami 12111 ta sheʼriy parchadan iborat. Adib bu asari ustida qariyb olmish yil mehnat qilgan. Pyesa toʻliq shaklda Germaniyaning Hannover shahrida oʻtkazilgan Ekspo-2000 festivalida sahnaga qoʻyilgan. 21 soat davom etgan spektalda Faustning monologlari ijrosiga olti soat, Mefistofelnikiga esa uch soat vaqt ketgan.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 9-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/faust-qancha-davom-etadi/