Ustoz Abdulla Qahhorni bir kuni televideniye koʻrsatuviga taklif qilishibdi. Uni kutib olgan yoshgina muharrir iymanibgina soʻrabdi:
– Domla, fikrlaringizni qogʻozga tushirib keldingizmi?
– Yoʻq, shunday gapiraveraman.
– Domla, bilasiz-ku, gapingiz matnini tasdiqlatib olishimiz kerak…
– Chaqiraqol oʻsha senzoringni, muhrini lunjimga bosaqolsin, – debdi adib jiddiylik bilan.
Nosir MUHAMMAD
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/muhrini-bosa-qolsin/