“Dunyoning ishlari” qissasiga kirishsoʻz

Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ularning barchasida men uchun eng aziz odam – onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga bogʻlangan.

Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda oʻxshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bagʻishlanadi aziz Onajonlar! 

Muallif

 

Ehtimol, sizda ham shunday hollar boʻlgandir: tun yarmidan oqqanda birdan uygʻonib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz… Avvaliga chiqillab turgan soat ham bora-bora tinib qolgandek boʻladi. Uy jimjit, deraza jimjit, qorongʻi osmon jimjit. Hatto shamol ham qilt etmaydi. Shu qadar ogʻir sukunat choʻkadiki, quloqlaringiz shangʻillab ketadi. Zildek yuk ustingizga yopirilib, vujudingizni yerga mixlab tashlaydi; tanho, ojiz bir narsaga aylanib qolasiz. Goʻyo butun dunyo bir tarafu siz oʻzingiz bir taraf… Shunday paytda mening koʻz oʻngimda toʻsatdan onam paydo boʻladi. Qorongʻi xonaning bir burchidan chiqib keladi-da, maʼyus jilmaygan koʻyi boshim ustiga egiladi. Yillar zahmatidan dagʻal tortgan barmoqlari bilan peshonamni silagandek boʻladi… Oʻpkam toʻlib, oʻzimni tutolmayman. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursillagancha oʻrnimdan turib ketaman.

 

Oʻtkir HOSHIMOV

 

“Dunyoning ishlari”dan

https://saviya.uz/ijod/nasr/dunyoning-ishlari-qissasiga-kirishsoz/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x