BADIIY BUYUMLAR — chiroyli shakllarda bezatib ishlangan, turli maqsadlarda foydalaniladigan nafis buyum va zeb-ziynatlar. Uy-roʻzgʻor anjomlari, kiyim-kechak, mehnat qurollari, badiiy gazlama, gilam, palos, soʻzana, qurol-aslaha, mebel kabi moddiy madaniyat asarlari, tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, bezak sanʼati mahsulotlarini oʻz ichiga oladi. Baʼzi mamlakatlar oʻz Badiiy Buyumlari bilan mashhur (xitoy chinnisi, eron gilami, hind fil suyagi mahsulotlari, chex shishasi, oʻzbek atlasi va b.). Jamiyat taraqqiyoti Badiiy Buyumlar tayyorlash usuli (haykaltaroshlik, kulollik, zargarlik, miskarlik, degrezlik, naqqoshlik, oʻymakorlik, koshinkorlik va b.)ni ham takomillashtirdi, badiiy hunarmandlikning yangi sohalari (kashtadoʻzlik, doʻppidoʻzlik, zardoʻzlik, shishasozlik va b.)ni yuzaga keltirdi. Oʻzbekiston hududida Badiiy Buyumlar ishlab chiqarish 20-a. ning 20-y. laridan keng yoʻlga qoʻyila boshlandi. 60-y. lardan mazmunan boyidi, turlari koʻpaydi; anʼanaviy Badiiy Buyumlar qardosh xalqlar yaratayotgan mahsulotlar hisobiga ham boyimoqda. Badiiy sanoatning rivojlanishi (Toshkent chinni zavodi, Tashkent zargarlik zavodi, Buxoro zardoʻzlik fabrikasi, Atlas birlashmasi, Mikond z-di va b.) B. B. ishlab chiqarish koʻlamini yanada kengaytirdi va rivojlantirmoqda.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии