VUNDT

VUNDT (Wundt) Vilgelm (1832.16.8, Mangeym — 1920.31.8, Grosboten, Leypsig yaqinida) — nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi. Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Leypsig sh. da Vundt tomonidan 1879-y. da yaratilgan dunyodagi birinchi psixologik lab. xalqaro eksperimental psixologiya markazi boʻlib qoldi; unda sezgilar, «reaksiya vaqti», assotsiatsiyasi, diqqat, sodda hissiyotlar oʻrganilgan. Vundt ruhiy hayotda irodani markaziy omil deb hisoblagan. «Analitik introspeksiya» gʻoyasi (oʻz-oʻzini kuzatish)ni ilgari surgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x