GUMILYOV Nikolay Stepanovich

GUMILYOV Nikolay Stepanovich [1886.3(15).4, Kronshtad, – 1921.24.8, Petrograd] — rus shoiri. Anna Axmatovanint umr yoʻldoshi. 20-a. ning 10-y. laridagi akmeizmning (yun. akte soʻzidan — biror narsaning oliy darajasi) yirik vakillaridan. Asosiy asarlari: «Istilochilar yoʻli» (1905), «Romantik gullar» (1908), «Marvarid» (1910), «Begona osmon» (1912), «Oʻqdon» (1916), «Gulxan» (1918), «Chodir» (1921), «Olovli ustun» (1921) sheʼriy toʻplamlari, «Palma soyasi» (1922) hikoyalar toʻplami, «Rus sheʼriyati haqida maktublar» (1923) tanqidiy maqolalar toʻplami. Volter, T. Gotye, S. Kolrij, Gumilyov Geyne va b. adiblarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Petrogradda «Vsemirnaya literatura» («Jahon adabiyoti») nashriyotining ishida qatnashgan. Ritmlarning ravonligi, yorqinligi, ohangining magʻrur va koʻtarinkiligi Gumilyov sheʼriyatining oʻziga xos tomonidir. Gumilyov 1917-y. okt. dagi davlat toʻntarishini qabul qilmadi va aksilinqilobiy fitna ishtirokchisi sifatida qatl etildi. 1991-y. G. ishi tarkibida jinoyat yoʻqligi sababli toʻxtatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x