Vitezslav Nezval (1900–1958) XX asr Yevropa lirikasining taniqli vakillaridan biri edi. Uning ijodiy tadrijini xayolan jonlantirish uchun “Koʻprik” (1922) toʻplami, “Edison” (1928) dostoni, “Abadiy talaba Robert Davidning 52 alamli balladasi” (1936) va boshqa sheʼriy majmualarini, Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan “Tarixiy manzara” (1939–1945) dostonini hamda shoirni jahoniy shuhratga muyassar etgan “Tinchlik qoʻshigʻi” (1950) dostonini va boshqa asarlarini eslash kifoya. Vitezslav Nezval sheʼrlari ilgari ham oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Jahon sheʼriyatining durdonalari isbot etib turganidek, asl sheʼr hech qachon oʻlmaydi. Balki baʼzan hayot tashvishlari bilan oʻralashib qolgan odamning esidan chiqqandek boʻlar, lekin bu holat koʻp ham uzoq davom etmaydi, chunki biz, insonlar hayot va koʻngil zavqisiz yashay olmaymiz. Shuning uchun unutilgandek tuyulgan qoʻshiq yana yodga tushadi, koʻngilni va aqlni yorishtiradi. Uning qatorida, bu chex shoirining eng goʻzal misralari ham asrlar osha jaranglayversa, ajab emas.
https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/vitezslav-nezval-1900-1958/