ELEKTRODINAMIKA

ELEKTRODINAMIKA — fizikaning elektromagnit hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Klassik Elektrodinamika, kvant E. va harakatlanuvchi muhit Elektrodinamika sidan tarkib topgan. Klassik Elektrodinamika ikki qismdan iborat;

1) klassik makroelektrodinamika — makroskopik elektromagnit hodisalarning klassik nazariyasi; uning asosiy qonuniyatlarini J. Maksvell tenglamalari ifodalaydi;

2) klassik mikroelektrodinamika — mikroskopik elektr harakatlarining klassik nazariyasi, uning asosiy qonunlarini MaksvellLorents differensial tenglamalari ifodalaydi. Kvant Elektrodinamika juda kichik fazo va vaqt oraligʻida oʻzgaruvchi elektromagnit maydoni va zaryadli zarralar bilan oʻzaro taʼsirini uning uzunliklari xossalari, yaʼni kvant xossalarini eʼtiborga olgan holda oʻrganadi va elektromagnit hodisalarning kvant nazariyasi hisoblanadi. Harakatlanuvchi muhitlar Elektrodinamikasida harakatlanuvchi jismlarda roʻy beradigan elektromagnit hodisalar ularning xossalari, xususan, harakatlanuvchi muhitda tarqaladigan elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish jarayoni oʻrganiladi. Elektrodinamikaning bu sohasi nisbiylik nazariyasi bilan bogʻliq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x