Abduramanov Seit Nebi

Tarjimai hol

Seit-Nebi Abduramanov (qrim-tat. Seitnebi Abduramanov, Seitnebi Abduramanov; 15 fevral 1914 yil — 15 dekabr 1987 yil) — Faxriy ordeni to‘liq kavaleri.

1914 yili Kuybishev (hozir Baxchisaray) tumani Biyuk-Karalez (Qizil Mak) qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati — qrim tatar. Armiyaga 1936 yili chaqirilgan. Xizmatdan so‘ng moliyaviy inspektor bo‘lib ishlagan. 1941 yil bahorda yana harbiy xizmatga chaqirilgan va Qizil Armiyaning kichik qomondonlari maktabiga yuborilgan.

1941 yil iyunidan urushda.Janubi-g‘arbiy frontda, Stalingrad yaqinida jang qilgan, qurshovda bo‘lgan, bir necha bor konuziyalangan va yaralangan.

20 oktyabr 1944 yili, Polshada harbiy yurishlar vaqtida, serjant Abduramanov kunduz kuni dushman qo‘shin vakilini tutgan va ushbu dushman juda qimmatli ma’lumotlar bergan. Bu qaxramonligi uchun serjant Abduramanov 3 darajali Faxriy ordeni bilan taqdirlangan.

Ikkinchi Faxriy ordenini Germaniya xududida 1945 yili yanvardagi janglarda jasorati uchun olgan.

1945 yili aprel oyida Zelxov va Lipe aholi punktlari uchun janglarda shaxsiy qaxramonlik ko‘rsatgani uchun 1 darajali Faxriy ordeni bilan taqdirlangan.

Urushdan so‘ng harbiy xizmatdan ozod etilgan va u O‘zbekistonga surgun etilgan qarindoshlari yoniga kelgan.

SSSR Oliy Sovet Prezidiumining 15 may 1946 yildagi farmoniga ko‘ra 1 darajali Faxriy ordeni bilan taqdirlangan, shunday qilib Faxriy Ordeni to‘liq kavaleriga aylangan, ammo o‘zini taqdirlangani haqida faqat bir necha yildan so‘ng xabar topgan.

Mukofotlari

Urush yillarida jasorati uchun Seit-Nebi Abduramanov, uchta Faxriy ordeni va Qizil Yulduz ordenidan tashqari, bir qancha medallar va shu jumladan “Jasorati uchun” medali bilan taqdirlangan.

Seit-Nebi Abduramanov Namanganda vafot etgan va shahar qabristonida dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x