MAGNIT MILINING OGʻISHI

MAGNIT MILINING OGʻISHI — biror nuqtadan oʻtgan haqiqiy va magnit meridianlari orasida hosil boʻladigan burchak; Yerning geografik va magnit qutblari bir nuqtada yotmasligi tufayli sodir boʻladi. Magnit milining shim. uchi haqiqiy meridianga nisbatan sharqqa ogʻsa, Magnit milining ogʻishi musbat (sharqiy), gʻarbga ogʻsa Magnit milining ogʻishi manfiy (gʻarbiy) hisoblanadi.

Magnit milining ogʻishi vaqt bilan bogʻliq oʻzgarib turadi. Oʻzgarish kunlik (15 min. atrofida), yillik (8 min. atrofida) va asriy boʻladi. Bunda ogʻishning toʻla oʻzgarishi 4 asrdan ortiqroq davrda amalga oshib, oʻnlab gradus qiymatni tashkil etadi. Topografik xarita varagʻida tasvirlangan hudud uchun Magnit milining ogʻishining oʻrtacha qiymati xarita varagining jan. ramkasidan tashkarida yozib keltiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x