MASS, Myoz — Fransiya, Belgiya va Niderlandiyadagi daryo. Uz. 925 km, havzasining mayd. 36 ming km2. Ardenna togʻlaridan boshlanib, Oʻrta Yevropa tekisligidan oqadi va Reyn daryosi deltasining jan. tarmogʻiga quyiladi. Qor va yomgʻir suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 300—400 m3/sek. Qish va bahorda toʻlib oqadi. Yuqori qismidan boshlab kema qatnaydi, kanallar orqali Shelda, Sena, Reyn va b. daryolar bilan bogʻlangan. Mass boʻyida Verden (Fransiya), Namyur, Lyej (Belgiya), Maastrixt (Niderlandiya) sh. lari joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые