XATOLAR NAZARIYASI

XATOLAR NAZARIYASImatematik statistika boʻlimi. Taqribiy xisoblarda topiladigan taqribiy qiymatlar uchun qoidalar ishlab chiqadi. Shuningdek, yoʻl qoʻyiladigan xatoliklarni oʻrganadi. Biror qiymatni topish uchun bir necha marta oʻlchash ishlari olib borilganda natijalar turlicha chiqadi, yaʼni qandaydir xatolikka yoʻl qoʻyiladi. Xatoliklar 3 xil boʻladi: doimiy, qoʻpol, tasodifiy. Doimiy xatoliklarning uchrashi oʻlchov asboblari bilan bogʻliq. Qoʻpol xatolik koʻrsatkichlar natijasini notoʻgʻri oʻqish tufayli roʻy beradi va bunday xatolik darhol koʻrinadi. Tasodifiy xatoliklar oʻlchash paytidagi turli tasodifiy sabablar tufayli paydo boʻladi. Xatolar nazariyasi, asosan, qoʻpol va tasodifiy xatoliklarni oʻrganadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x